Barcha yangiliklar
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Gallery image 216886
Gallery image 216887
Gallery image 216888
Gallery image 216889
Gallery image 216890
Gallery image 216891
Gallery image 216892
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
17 Avg 2026
18:32

Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi

Aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda davlat tomonidan ajratilayotgan bepul dori-darmonlarning manzilli yetkazilishini ta’minlash doimiy deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, tuman Kengashiga 15-Baynalminal saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati A.Ismailov saylangan 23-"Chegarachi" saylov okrugiga qarashli "Chegarachi" mahallasida joylashgan R. Bo‘riyev nomidagi oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish tadbiri o‘tkazdi.

O‘rganish jarayonida tibbiy muassasaning faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirilib, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shifokorlar qabulini tashkil etish holati hamda davlat tomonidan ajratiladigan bepul dori vositalarining ehtiyojmand va surunkali kasallikka chalingan fuqarolarga qonunchilik talablari asosida adolatli va shaffof tarzda tarqatilishi o‘rganildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan muomala madaniyati, qabul jarayonida navbatlarni tashkil etish tartibi ham tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.