Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 216809
Gallery image 216810
Gallery image 216811
Gallery image 216812
Gallery image 216813
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
17 Avg 2026
18:01

Kengash_faoliyati

#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot
#Okrugda_o‘rganish
#19¹_modda.

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 2-sonli DMTT faoliyati va undagi muammolar atroflicha tahlil qilindi

Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat A.Pardayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E. Eshonqulov "Farovon" mahallasida joylashgan 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganishlar davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya muhiti, bolalarni sog‘lom va sifatli ovqatlantirish me’yorlariga rioya etilishi bilan birga muassasada mavjud bo‘lgan infratuzilma va texnik muammolar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bog‘chada bolalarning xavfsiz va barkamol rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va deputatlik so'rovi chiqarish belgilandi.