Barcha yangiliklar
Qozikenti mahallasida saylovchilar murojaatlari tinglandi
Gallery image 216715
Gallery image 216716
Gallery image 216717
Gallery image 216718
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
17 Avg 2026
17:14

Qozikenti mahallasida saylovchilar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L. Behbudova, 18-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat B. Ahmadov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Qozikenti mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✔️Uchrashuvda mahalla aholisining murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, murojaatlarning ijobiy hal etilishini ta’minlash va ijrosini nazoratga olish belgilandi.
✔️Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan deputatlar o‘rtasidagi doimiy aloqani mustahkamlash, joylardagi muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.