Barcha yangiliklar
Fuqarolar bilan muloqot o‘tkazildi
Gallery image 216708
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
16 Avg 2026
00:00

Fuqarolar bilan muloqot o‘tkazildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 19-“Behizor” saylov okrugi deputati Umid Zakirovga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Dilshodbek Ibragimov hamda Bekzodbek Akbarov “Behizor” mahallasida bo‘lib, yong‘in sodir bo‘lgan uy-joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

🏠 Tashrif davomida jabrlangan xonadonlarning holati, uylarning qurilishi va mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolarning ehtiyojlari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli masalalar muhokama qilindi.

✅Bildirilgan muammo va takliflar qayd etilib, amaliy choralar ko‘rilishi yuzasidan 19-Behizor saylov okrugi deputati Umid Zakirovga axborot kiritildi.