Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI
Gallery image 216673
Gallery image 216674
Gallery image 216675
Gallery image 216676
Gallery image 216677
Gallery image 216678
Gallery image 216679
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
17 Avg 2026
17:10

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mahalla obodligi va mehr-saxovat” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari Uchquduq tumanida izchil davom etmoqda.

🔹 Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi 6-Tog‘ saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Yelmuratov hamda 11-Geologlar saylov okrugi deputati A. Hamidov mas’ullar ishtirokida tumandagi mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘rgandilar.

🔹 O‘rganish davomida ko‘chalar, aholi xonadonlari atrofi, ijtimoiy obyektlarga tutash hududlarning tozaligi, chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda Mustaqillik bayrami arafasida hududlarda namunali ozodalik va obodonlikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌿 Yurtimiz obodligi — har birimizning umumiy mas’uliyatimiz!
🇺🇿 Mustaqillik bayrami oldidan Uchquduq yanada obod va ko‘rkam bo‘lsin!