Barcha yangiliklar
#deputat_so'rovi
Gallery image 216654
Gallery image 216655
Gallery image 216656
Gallery image 216657
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
17 Avg 2026
16:49

#deputat_so'rovi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati S. Qaxxorov tomonidan Oytug‘di va Obod mahallalari hududlarini o‘zaro bog‘lovchi ko‘priklarning ta’mirtalab holati o‘rganildi.
🌏O‘rganish jarayonida mazkur ko‘priklarning texnik holati aholi, ayniqsa, piyodalar va transport vositalari harakati uchun qator noqulayliklar keltirib chiqarayotgani qayd etildi. Ko‘priklarni ta’mirlash mahallalar o‘rtasidagi qatnovni yaxshilash, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌏Shu munosabat bilan deputat S. Qaxxorov tuman hokimi J. Xudoyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborib, Oytug‘di va Obod mahallalarini bog‘lovchi ko‘priklarni ta’mirlash dasturiga kiritish va ularda zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi.
🌏Deputatlik so‘rovi orqali aholi uchun muhim bo‘lgan mazkur masalaning ijobiy hal etilishi, mahallalar o‘rtasida qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.