Barcha yangiliklar
Bozorlarda narx-navoning barqarorligi va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
Gallery image 216297
Gallery image 216298
Gallery image 216299
Gallery image 216300
Gallery image 216301
Gallery image 216302
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
17 Avg 2026
11:21

Bozorlarda narx-navoning barqarorligi va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi hamda Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tomonidan bozorlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, bozorlardagi mahsulotlar yetarliligi va savdo jarayonidagi holat tahlil qilindi.

Shuningdek, kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlarning aholiga qulay narxlarda taklif etilishi, bozorlarda mahsulotlar uzluksizligini ta’minlash hamda narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud masalalarni bartaraf etish va aholining iste’mol bozoridagi manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.