Barcha yangiliklar
Deputat mahallada
Gallery image 216179
JUMANIYAZOV XAZRAT RAXMONOVICH
17 Avg 2026
09:14

Deputat mahallada

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputati Karimova Xilola Kadamboyevna tomonidan o‘zi saylangan okrug — Ishchilar mahallasining Ravnaq ko‘chasida fuqarolar bilan ko‘chama-ko‘cha yurib, bevosita joyiga chiqqan holda uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ko‘chaboshi Allaberganov Yodgorbek hamrohligida hududdagi mavjud muammolar o‘rganilib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan Ravnaq ko‘chasidagi yo‘lni shag‘allashtirish bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan “Muammolarni qayd etish” daftariga kiritilib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, amaliy ishlar tashkil etildi.

Muammo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari bilan maslahatlashgan holda o‘rganilib, fuqarolar murojaatini ijobiy hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Bugungi kunda Ravnaq ko‘chasidagi yo‘lni shag‘allashtirish ishlari boshlab yuborildi.