Barcha yangiliklar
#deputat_nazorati #24_ta_tavsiya
Gallery image 216018
Gallery image 216019
Gallery image 216020
Gallery image 216021
Gallery image 216022
Gallery image 216023
Gallery image 216024
Gallery image 216025
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
14 Avg 2026
16:17

#deputat_nazorati #24_ta_tavsiya

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining haftalik rejasiga muvofiq, “Chambil” mahallasida hududiy soliq inspektorining bugungi kundagi faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Ushbu o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini taʼminlash, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni oshirish hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.

Budjet tushumlari va soliq qarzdorligi: Mahalla hududidagi soliq tushumlari ko‘rib chiqildi hamda shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida soliq qarzdorliklarini kamaytirish choralari muhokama qilindi.
Manzilli qo‘llab-quvvatlash: Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” hamkorligi: Mahallada faoliyat yuritayotgan masʼullarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Jarayonda Kengash Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, mahalla raisi hamda hudud deputati Faxriddin Matasimov bevosita ishtirok etib, mavjud muammolar deputatning ko'chama ko'cha yuritish jurnaliga qayd qilindi. Muammo kadastr masalasi bo'lganligi uchun shahar Kadastr agentligi bo'limiga murojaat yuborilishi  belgilab olindi.