Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri  okruglardagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Gallery image 215976
Gallery image 215977
Gallery image 215978
Gallery image 215979
Gallery image 215980
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
14 Avg 2026
13:23

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri okruglardagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov hamda tuman Kotibiyati bosh mutaxassisi T.Gulmatov tomonidan okrug hududiga qarashli “Neftchilar” mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida, mahalla hududidan ko‘p qavatli uylar atrofini tartibga keltirish, ko‘cha bo‘ylab o‘sib ketgan begona o‘tlarni tozalash, daraxtlarni butash va oqlash, yashil maydonlarni kengaytirish va hududning umumiy obodonligini yaxshilash hamda bolalar o‘yingohini qurish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda.
Shuningdek, ko‘cha va uning atrofidagi hududlarni toza va ko‘rkam holatga keltirish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash hamda mahallaning zamonaviy va obod qiyofasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.