Barcha yangiliklar
Deputatlar temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandilar
Gallery image 215962
Gallery image 215963
Gallery image 215964
Gallery image 215965
Gallery image 215966
Gallery image 215967
Gallery image 215968
Gallery image 215969
Gallery image 215970
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
14 Avg 2026
13:02

Deputatlar temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandilar

O‘rganish jarayonida deputatlar Termiz–Sariosiyo yo‘nalishida qatnovchi poyezd vagonlarida bo‘lib, yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar, vagonlarning sanitariya holati, tozaligi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, poyezdda yo‘lovchilar bilan suhbatlashilib, ularning safar davomida yaratilgan sharoitlardan mamnunligi, mavjud muammolari va takliflari o‘rganildi.
Fuqarolarning murojaatlari va fikr-mulohazalari deputatlar tomonidan tinglanib, ularni tegishli mas’ullarga yetkazish hamda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Deputatlar tomonidan vokzal hududidagi yo‘lovchilar uchun kutish joylari, axborot va xizmat ko‘rsatish tizimi, tartib-intizom hamda yo‘lovchilarga qulay shart-sharoit yaratish borasidagi ishlar ham ko‘zdan kechirildi.
Bunday nazorat va o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.