Barcha yangiliklar
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Gallery image 215917
Gallery image 215918
Gallery image 215919
Gallery image 215920
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
15 Avg 2026
11:22

REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Maqsud Kazakov tomonidan tumandagi "Navro‘z" tez tibbiy yordam shoxobchasi binosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur obyekt PQ-393-sonli qaror asosida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish dasturiga kiritilgan bo‘lib, loyiha ijrosi deputatlik nazoratida olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida mavjud 50 qatnovli tez tibbiy yordam shoxobchasi binosini 1-tip oilaviy poliklinika talablariga moslashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda tibbiyot xodimlari uchun zamonaviy va qulay mehnat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.