Barcha yangiliklar
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
Gallery image 215905
Gallery image 215906
Gallery image 215907
Gallery image 215908
Gallery image 215909
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
15 Avg 2026
11:20

Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda

Pastdarg‘om tumanida ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida bir qator qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

🆙Jumladan, “Esaboy” mahallasida "GRANT MEMOR QURUVCHI SERVIS" MCHJ tomonidan 240 o‘rinli 43-son umumta'lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

🆙Shuningdek, “Shombuloq” mahallasi hududida joylashgan 90 o‘rinli 47-son maktabgacha ta'lim tashkiloti rekonstruksiya qilinmoqda.

🇺🇿Pastdarg‘om tumani prokurori Jahongir Xolmurodov hamda deputat B.Sadikova mazkur qurilish obyektlarida bo‘lib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish olib bordi.