Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish
Gallery image 215801
Gallery image 215802
Gallery image 215803
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
15 Avg 2026
00:03

#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati X.Xujaqulov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida tumandagi “Ekraz” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi ijtimoiy obyektlar atrofini obodonlashtirish, yashil hududlarni saqlash, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar hamda infratuzilma obyektlarining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududning sanitariya holatini yanada yaxshilash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube