Barcha yangiliklar







KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
14 Avg 2026
18:41
AHOLI MUAMMOLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mahalladagi mavjud muammolar bevosita joyida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida “Ixlos” ko‘chasining 800 metr qismiga tosh yotqizish zarurligi aniqlandi. Mazkur masala aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l sharoitlarini yaratish maqsadida ilgari surildi.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.