Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani     Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
Gallery image 215462
Gallery image 215463
Gallery image 215464
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
10 Avg 2026
18:29

#Chinoz_tumani Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi



🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zXDP partiyasidan 25-Amir Temur saylov okrugidan saylangan deputat A.Arslanovga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri A.Baxramov tomonidan Amir Temur MFY hududida joylashgan Oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi.

💊 O‘rganish jarayonida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, mavjud zaxiralar, dori-darmonlarning maqsadli yetkazilishi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati tahlil qilindi.

📋 Shuningdek, dori vositalarining hisobini yuritish, ularni ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazish va bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.