Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani     Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
Gallery image 215431
Gallery image 215432
Gallery image 215433
Gallery image 215434
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
05 Avg 2026
18:19

#Chinoz_tumani Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi



🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 10-Birlashgan saylov okrugi bo‘yicha saylangan deputat Davron Teshaboyev tomonidan 2026-yil 05-avgust kuni Yollama MFY hududida joylashgan 63-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

💊 O‘rganish jarayonida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, mavjud zaxiralar, dori-darmonlarning maqsadli yetkazilishi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati tahlil qilindi.

📋 Shuningdek, dori vositalarining hisobini yuritish, ularni ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazish va bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.