Barcha yangiliklar
#Deputat_faoliyati
Gallery image 215409
Gallery image 215410
Gallery image 215411
Gallery image 215412
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
14 Avg 2026
18:04

#Deputat_faoliyati

Deputatlik nazorati — belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.

♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 20-saylov okrugi deputati F. Zokirov tomonidan Harakat mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda «Mahalla yettiligi» a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

♻️O‘rganish davomida mazkur qarorda belgilangan vazifalarning mahallada ijro etilishi, aholining muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

♻️Shuningdek, «Mahalla yettiligi» a’zolari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.