Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna  tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga  tuman elektr tarmoqlari tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
Gallery image 215312
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
14 Avg 2026
17:15

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

#Deputat_sorovi_javobi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

78-ds-377-26-sonli deputatlik so‘rovi asosida Go‘zal mahallasidagi O.Qo‘vvatov va Payariq 50-yilligi ko‘chalari kesishmasida joylashgan F-Markaz TP-3783 transformator punktining elektr yuklamasi o‘rganildi. Transformatorning 400 kVA quvvat bilan yuqori yuklamada ishlayotgani sababli hududda elektr ta’minotini yanada yaxshilash uchun qo‘shimcha 1 dona transformator punkti o‘rnatish zarurligi aniqlandi.

Mazkur masala davlat dasturiga kiritilgan bo‘lib, qo‘shimcha transformatorni 2026-yil IV choragiga qadar bosqichma-bosqich o‘rnatish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda hudud aholisi muntazam elektr energiyasi bilan ta’minlanayotgani ma’lum qilindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|