Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA TANQIDIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Gallery image 215247
Gallery image 215248
Gallery image 215249
Gallery image 215250
Gallery image 215251
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
14 Avg 2026
16:40

FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA TANQIDIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA TANQIDIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) rahbarlari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.

📝 Yig‘ilish davomida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar, jumladan, ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish, hududlarning obodonligi va sanitariya holati, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati muhokama qilindi.

⚠️ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan Boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish, aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.