Barcha yangiliklar
🚶‍♂️ “Ko‘chama-ko‘cha” yurish: aholi muammolari joyida o‘rganildi
Gallery image 215215
Gallery image 215216
Gallery image 215217
Gallery image 215218
Gallery image 215219
Gallery image 215220
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
14 Avg 2026
16:18

🚶‍♂️ “Ko‘chama-ko‘cha” yurish: aholi muammolari joyida o‘rganildi

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 5-Beshmergan saylov okrugi deputati Xolboyev Oybek Madaminovich boshchiligida Beshmergan mahallasidagi ko‘chalar holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida mahalla raisi va faollari, ko‘cha boshilari hamda Kengash kotibiyati vakillari ishtirok etdi.
🛣 Mahalladagi ichki yo‘llar holati, 💡 tungi yoritish chiroqlari, shuningdek, mahallada bo‘sh turgan yer maydonlarini auksion savdolari orqali tadbirkorlarga ajratish masalalari yuzasidan aholi murojaatlari tinglandi.
📌 Aholi tomonidan bildirilgan muammolar deputat tomonidan joyida mas’ullar bilan bog‘langan holda o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
👥 O‘rganishda:
🔹 Kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich;
🔹 Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdi.
📍 Maqsad — aholi muammolarini joyida o‘rganish, murojaatlarni mas’ullar bilan birgalikda hal etish va hudud infratuzilmasini yaxshilash.