Barcha yangiliklar
🏛 MADANIY MEROS OBYEKTI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 215207
Gallery image 215208
Gallery image 215209
Gallery image 215210
Gallery image 215211
Gallery image 215212
Gallery image 215213
Gallery image 215214
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
14 Avg 2026
16:17

🏛 MADANIY MEROS OBYEKTI HOLATI O‘RGANILDI

📜 O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida Shovot tumani Beshmergan mahallasida joylashgan Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi holati o‘rganildi.
👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 5-Beshmergan saylov okrugi deputati Xolboyev Oybek Madaminovich boshchiligida mahalla raisi va faollari, ko‘cha boshilari hamda Kengash kotibiyati vakillari ishtirokida joyiga chiqib monitoring olib borildi.
🚶‍♂️ “Ko‘chama-ko‘cha” yurish davomida ko‘cha boshilari bilan suhbatlashilib, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar, hudud obodonchiligi hamda ziyoratgohning saqlanish holati o‘rganildi.
🤝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, madaniy meros obyektini asrab-avaylash va undan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi.
👥 Tadbirda:
• Mahalla raisi va faollari;
• Ko‘cha boshilari;
• Kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich;
• Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdi.
📌 Maqsad — madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash.