Barcha yangiliklar
🏛 Kengash raisi fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
Gallery image 215202
Gallery image 215203
Gallery image 215204
Gallery image 215205
Gallery image 215206
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
14 Avg 2026
16:16

🏛 Kengash raisi fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi Babajanov Jamolbek Jumabayevich fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
👥 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan Tuproqqal’a mahallasi Uch Chinor ko‘chasida piyodalar yo‘lakchasini tashkil etish hamda 17-son DMTT oldiga sun’iy yo‘l notekisligi o‘rnatish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
🚶‍♂️ Piyodalar xavfsizligini ta’minlash, ko‘chalarda harakatlanish sharoitlarini yaxshilash va aholi uchun qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Murojaatlarni o‘rganish hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
👤 Uchrashuvda Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdi.
📌 Fuqarolar murojaatlari — amaliy yechim va doimiy nazoratda!