Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 215164
Gallery image 215165
Gallery image 215166
Gallery image 215167
Gallery image 215168
Gallery image 215169
Gallery image 215170
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
14 Avg 2026
15:40

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiyaga  kiritilgan masalani joyiga chiqib o‘rganish hamda deputatlik nazorati doirasida tumandagi “Maxsustrans” tashkilotida bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrifda deputatlar mavjud maxsus texnikalarning holati, dispetcherlik va boshqa bo‘limlar faoliyati hamda nazorat tizimining samarali tashkil etilganligini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, o‘rganish davomida mutasaddi vakillar bilan hududda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlarining tashkil etilishi, tashkilot va korxonalardan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashqariga olib chiqish, zararsizlantirish va poligonlarda yo‘q qilish faoliyati, sanitariya holati, chiqindi konteynerlarining joylarda joylashuvi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan suhbatlar jarayonida deputatlar tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarni obodonlashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

O‘rganish tadbirlarida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.