Barcha yangiliklar
Mahalla namunali hududga aylantiriladi – obodonlashtirish ishlari boshlandi
Gallery image 215127
Gallery image 215128
Gallery image 215129
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
14 Avg 2026
15:02

Mahalla namunali hududga aylantiriladi – obodonlashtirish ishlari boshlandi

 O‘rganish davomida hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalla obodligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarning bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Deputat amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi va aholi manfaatlariga xizmat qilishi masalalariga alohida e’tibor qaratib, mutasaddilarga tegishli tavsiya va takliflarini bildirdi. 

Ta’kidlanganidek, mazkur hududni zamonaviy va obod mahallaga aylantirish, aholining turmush farovonligini yuksaltirish hamda “Yangi O‘zbekiston” tamoyillari asosida
rivojlantirish yo‘lidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom ettiriladi.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi