Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 215118
Gallery image 215119
Gallery image 215120
Gallery image 215121
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
14 Avg 2026
14:47

Kotib

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Shaxnoza Umarova o‘zi saylangan 24-Chimyon saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, tuman partiya Kengashi raisi, ijro hokimiyati organlari vakillari, “mahalla yettiligi” hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Deputat tomonidan Kengash faoliyati, deputatlik so‘rovlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va obodonlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.

Shuningdek, “Chimyon” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, kommunal xizmatlar, infratuzilma, ijtimoiy soha va boshqa dolzarb masalalarga oid murojaatlar tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa tegishli tashkilotlarga yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.