Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari  Urganch shahar Kengashining navbatdagi  5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 25049
RAMANOVA FIRUZA SAPARBAYEVNA
24 Yan 2025
19:05

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar, idora va korxonalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Sessiyada shahar sektor rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4102-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Sessiya davomida kun tartibidagi boshqa
masalalar ham muhokama etilib, ushbu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.