Barcha yangiliklar
#deputatlik_nazorati
Gallery image 214997
Gallery image 214998
Gallery image 214999
Gallery image 215000
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
14 Avg 2026
11:48

#deputatlik_nazorati

#tavsiyalar
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-445, Qabul qilingan sana 11.09.2017-yildagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Kogon shahar hokimi Mirshakar To‘raboyevning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

14-avgust kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Kogon shahar hokimi Mirshakar To‘raboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kogon shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolarni shaxsiy qabul qildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglandi. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan masalalar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Fuqarolar murojaatlarini qonuniy va ijobiy hal etish, aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish hamda har bir murojaatning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash