Barcha yangiliklar
MARG‘ILONLIK DEPUTATGA YUKSAK E’TIROF
Gallery image 214954
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
14 Avg 2026
11:11

MARG‘ILONLIK DEPUTATGA YUKSAK E’TIROF

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan Isakov Muhsinjon Qosimjonovich Marg‘ilon shahridagi “426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi” MChJ bosh direktori.

E’tiborlisi, Isakov Muhsinjon Qosimjonovich Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashiga Marg‘ilon shahridan saylangan deputat sifatida ham faoliyat yuritmoqda.

Deputat sifatida u hudud manfaatlarini ifodalash, aholi bilan muloqot qilish hamda fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish orqali jamoatchilik oldidagi mas’uliyatni zimmasiga olgan.

“Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni esa uning kasbiy faoliyatiga berilgan yuksak e’tirof bo‘lib, mehnatsevar va fidoyi mutaxassislar faoliyatining munosib bahosidir.

Isakov Muhsinjon Qosimjonovichni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz!