Barcha yangiliklar
GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 214948
Gallery image 214949
Gallery image 214950
Gallery image 214951
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
14 Avg 2026
11:10

GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI

GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov tomonidan “Gulzor” MFY hududida obodonlashtirish, sanitariya va hudud tozaligi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi doirasida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 parklar, xiyobonlar va bog‘larning umumiy holati;
🔹 mahalla ichki ko‘cha va yo‘llarining holati;
🔹 ko‘chalarning tungi yoritilishi va mavjud yoritish tizimlarining samaradorligi;
🔹 hududdagi chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati;
🔹 obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarining tashkil etilishi.

📌 O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mahalla hududini yanada obod va ozoda qilish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar mas’ullar bilan kelishib olindi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholiga qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, hududlarning obodonligi hamda sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!