Barcha yangiliklar
24 tavsiya ijrosi doirasida o‘rganish ishlari davom etmoqda
Gallery image 214917
Gallery image 214918
Gallery image 214919
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
05 Avg 2026
00:00

24 tavsiya ijrosi doirasida o‘rganish ishlari davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya asosida hududlarda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 16-Yorboshi saylov okrugi deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Avazbek Appaqov tomonidan "Soy" MFYda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida mahalla raisi va mahalla faollari bilan birgalikda aholi murojaatlari bilan ishlash, kambag‘allikni qisqartirish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.