Barcha yangiliklar





OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
05 Avg 2026
00:00
24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganishlar izchil davom etmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 16-Yorboshi saylov okrugi deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Avazbek Appaqov tomonidan “Soy” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla raisi bilan birgalikda hudud infratuzilmasini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Hududlarda mavjud masalalarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.