Barcha yangiliklar
#Tashabbusli budjet #nazorat
Gallery image 214897
Gallery image 214898
Gallery image 214899
Gallery image 214900
Gallery image 214901
Gallery image 214902
Gallery image 214903
Gallery image 214904
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
13 Avg 2026
10:40

#Tashabbusli budjet #nazorat

Olmaliq shahar Abdulla Qahhor mahallasi hududida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabida muhim ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Xabaringiz bor, ushbu ta’lim maskani fuqarolarimizning faolligi va hamjihatligi evaziga "Tashabbusli budjet" (Open Budget) loyihasida g‘olib bo‘lgan edi.
🔹 Loyiha doirasida qanday ishlar bajarilmoqda?
Maktab atrofini xavfsiz va zamonaviy devor bilan o‘rash;
Maktabning ichki hojatxonalarini to‘liq ta’mirlash va sanitariya-gigiyena talablariga moslashtirish.

🔍Bugun hudud deputati Alisher Samadov maktab direktori bilan birgalikda qurilish-ta’mirlash jarayonlarini yaqindan o‘rgandi va bajarilayotgan ishlarni birma-bir ko‘zdan kechirdi.
"Mahallamiz va maktabimiz obodligi — bu faqat budjet mablag‘larini sarflash emas, balki farzandlarimiz xavfsizligi va qulay ta’lim olishi uchun mas’uliyatdir. Har bir so‘m xalq puli o‘z o‘rnida va sifatli ishlatilishi shart!" — Alisher Samadov.

💡Jarayon davomida aniqlangan ba'zi kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Qurilish ishlarini yuqori sifatda va belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlash deputat nazoratiga olindi.