Barcha yangiliklar
"Ayollar daftari" doirasida amaliy o‘rganish olib borildi
Gallery image 214840
Gallery image 214841
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
05 Avg 2026
00:00

"Ayollar daftari" doirasida amaliy o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin tomonidan "Navro‘z" MFYda "Ayollar daftari" ro‘yxatida turgan fuqaro Mohira Ismoilxo‘jayeva holidan xabar olinib, u bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida fuqaroning murojaati va ehtiyojlari o‘rganilib, yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Xonadonni o‘rganish jarayonida ta'mirtalab joylar aniqlanib, zarur qismlarini ta'mirlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda murojaatlarini ijobiy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.