Barcha yangiliklar
"Barkamol" MFYda Respublika targ‘ibot guruhi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 214836
Gallery image 214837
Gallery image 214838
Gallery image 214839
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
05 Avg 2026
00:00

"Barkamol" MFYda Respublika targ‘ibot guruhi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Israilova tomonidan "Barkamol" MFY hududida Respublika targ‘ibot guruhi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tashrif davomida mahalla aholisining turmush tarzi, kiyinish madaniyati, obodonlashtirish ishlari hamda xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Respublika targ‘ibot guruhi mahalla faollari va aholi bilan muloqot o‘tkazib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, olib borilayotgan bunyodkorlik va targ‘ibot ishlari e'tirof etilib, mahalla faollariga minnatdorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada mustahkamlash hamda aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.