Barcha yangiliklar
1-oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 214822
Gallery image 214823
Gallery image 214824
Gallery image 214825
Gallery image 214826
Gallery image 214827
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
05 Avg 2026
00:00

1-oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov hamda Kengash kotibiyati mutahassisi O. Olimjonov tomonidan 1-oilaviy poliklinika faoliyatini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar, tibbiy xizmat sifati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, aholiga bepul dori-darmonlar va tibbiy vositalarning o‘z vaqtida hamda belgilangan tartibda yetkazib berilishi alohida nazoratga olinib, bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash, dori-darmonlar bilan uzluksiz ta'minlash masalalari doimiy e'tiborda bo‘lishi ta'kidlandi.