Barcha yangiliklar





MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
14 Avg 2026
10:13
Saylov okrugida muammolar o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 5-Charx-Kamolon saylov okrugi deputati, XDP a'zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylovchilar bilan ishlash, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish maqsadida okrug hududlarida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar atroflicha tinglanib, tegishli masalalar “Deputat daftari”ga qayd etildi.
Aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli ishlar olib boriladi.