Barcha yangiliklar
24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda
Gallery image 214711
Gallery image 214712
Gallery image 214713
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
05 Avg 2026
00:00

24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida hududlarda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov “Qoratut” MFYga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan obodlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, hududning sanitariya holati hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan hududni yanada obod qilish, mavjud masalalarni o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.

Deputatlik nazorati doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, aholining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda.