Barcha yangiliklar





OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
05 Avg 2026
00:00
Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan “Qoratut” MFY hududida joylashgan “Balojon Bahori” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida mavjud imkoniyatlar, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Deputatlar tomonidan ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati ishlari davom ettirilmoqda.