Barcha yangiliklar





OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
05 Avg 2026
00:00
Deputat so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan Andijon shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.
Unda 2026-yilning o‘tgan davrida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, "Ayollar daftari" bilan ishlash, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish hamda oilalarni mustahkamlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot va tahliliy ma’lumotlar taqdim etilishi so‘raldi.
Mazkur hisobot Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.