Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA
Gallery image 214664
Gallery image 214665
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
14 Avg 2026
09:52

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O.Alimov tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi fuqarolarning murojaatlari, muammolari va takliflari o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar tinglanmoqda hamda murojaatlarning mazmunidan kelib chiqib, ularni qonuniy tartibda hal etish choralariga e’tibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, ijtimoiy himoya, bandlik, moddiy ko‘mak, infratuzilma, obodonlashtirish va boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilmoqda.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida har bir masala bo‘yicha mas’ullar belgilanib, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va muammolarni amaliy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda murojaatlarning ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.