Barcha yangiliklar
11-BAND IJROSI: 57-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 214652
Gallery image 214653
Gallery image 214654
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
14 Avg 2026
09:48

11-BAND IJROSI: 57-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALARning 11-bandi ijrosini ta’minlash, ya’ni kuz-qish mavsumida ta’lim muassasalarining isitish tizimlari holatini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Bozorova tomonidan Kamolot mahallasida joylashgan 57-maktabda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati va mavsumni betalofat o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ta’lim muassasasida qish mavsumida o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoit yaratish, isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.