Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI: YOSHLAR SIYOSATI VA TA’LIM MASALALARI O‘RGANILMOQDA
Gallery image 214612
Gallery image 214613
Gallery image 214614
Gallery image 214615
Gallery image 214616
Gallery image 214617
Gallery image 214618
Gallery image 214619
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
14 Avg 2026
09:44

DEPUTATLIK NAZORATI: YOSHLAR SIYOSATI VA TA’LIM MASALALARI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar olib borilmoqda.
🔎 Mazkur yo‘nalishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘. Shukurov tomonidan Do‘rmonsoy mahallasida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari hamda ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, muammolarni bartaraf etish va ijrosini nazorat qilish bo‘yicha zarur choralar belgilanadi.