Barcha yangiliklar





ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
14 Avg 2026
09:34
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov o‘z saylov okrugidagi Oqbuloq mahallasida joylashgan 18-maktab faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida maktabning 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati, bino va xonalarni mavsumga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.