Barcha yangiliklar
24-BAND IJROSI:Mang‘itobod mahallasida chiqindilar bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi
Gallery image 214548
Gallery image 214549
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
14 Avg 2026
09:22

24-BAND IJROSI:Mang‘itobod mahallasida chiqindilar bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumanda sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan Mang‘itobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mahallada jami 9 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, o‘rganish davomida 1-ko‘cha — Porloq yo‘l ko‘chasining ko‘chaboshisi O. Rajabov bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida ko‘chada maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi va ularni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq muammo mavjudligi bildirildi.