Barcha yangiliklar
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Gallery image 214496
Gallery image 214497
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
14 Avg 2026
09:04

Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov o‘z saylov okrugidagi Oqbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini binosida fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammo va masalalar, taklif hamda murojaatlar tinglandi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan batafsil suhbat o‘tkazilib, har bir murojaatning mazmuni va yechimi talab etiladigan jihatlari o‘rganildi.

Bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va muammolarini hal etishga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.