Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 214448
Gallery image 214449
Gallery image 214450
Gallery image 214451
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
13 Avg 2026
19:23

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#Ko‘chaboshilari_bilan_uchrashuv

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Chinor" mahallasida infratuzilmani yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi

Bandixon tumanida aholi farovonligini ta’minlash, hududlardagi ijtimoiy-infratuzilmaviy muammolarni barvaqt aniqlash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga ijobiy yechim topish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 7-Chinor saylov okrugidan saylangan deputat U.Jumayevga biriktirilgan tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Chinor" mahallasida bo‘lib, ko‘chaboshilari, mas’ullar hamda aholi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududiy ichki yo‘llar holatini yaxshilash, elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash hamda obodonlashtirish bo‘yicha ko‘chaboshilari va mahalla faollari tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi. Tashrif yakunida aniqlangan muammolarni soha mas’ullari bilan birgalikda hal etish va ijrosini deputatlik nazoratiga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.