Barcha yangiliklar
24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 214268
Gallery image 214269
Gallery image 214270
Gallery image 214271
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
04 Avg 2026
00:00

24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Israilova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, mahalla obodligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va hududlarni yanada rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.