Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 214179
Gallery image 214180
Gallery image 214181
Gallery image 214182
Gallery image 214183
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
13 Avg 2026
17:16

Kotib

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Traktorsozlar” mahallasida bolalar va sport maydonchalarini qurish hamda irrigatsiya tarmog‘ini yangilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Botir Nurmatov tomonidan o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganishda bolalar va aholiga qulaylik yaratish maqsadida, bolalar maydonchalarini almashtirish, irrigatsiya tarmog‘ini yangilash borasidagi ishlar nazoratga olinganligi ta’kidlab o‘tildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.