Barcha yangiliklar
Musiqa va san’at maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 214159
Gallery image 214160
Gallery image 214161
Gallery image 214162
Gallery image 214163
Gallery image 214164
Gallery image 214165
Gallery image 214166
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
13 Avg 2026
17:09

Musiqa va san’at maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan tumandagi 21-sonli musiqa va san’at maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda muassasa faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalarining holati, mavjud musiqa asboblari va jihozlarning sozligi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilarning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Mas’ul xodimlar bilan suhbat davomida yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash, ta’lim sifatini oshirish va yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.